Bugun LavoroSolutions (xodimlarni tanlash va autsorsing jarayonlariga ixtisoslashgan HR-kompaniya) rahbarligidagi EUROUZ HR va salohiyatni rivojlantirish qo’mitasi O’zbekistonda iste’dodlarni yollash, baholash, rivojlantirish va ushlab qolish sohasidagi tashabbuslarni ishlab chiqishga bag’ishlangan yopiq majlis o’tkazmoqda.
Tadbir moderatori — Anna Burova, LavoroSolutions HR-konsalting departamenti rahbari. Anna shuningdek, EUROUZ HR va salohiyatni rivojlantirish qo’mitasining raisi hisoblanadi.
Uchrashuv kun tartibida — axborot almashish va ma’lumotlar shaffofligi masalalarini muhokama qilish, shuningdek muvaffaqiyatli biznes-keyslar. Asosiy spikerlar orasida:
- Joanna Golas, Fransuz-O’zbek Iqtisodiy Palatasi (CEFO) prezidenti, muvaffaqiyatli hamkorlikning amaliy (keyslarini) taqdim etadi.
- Sofiya Gaynutdinova, Veon Group (Beeline) xodimlar va rivojlanish bo’yicha direktori, kadrlar almashinuvi va xodimlar motivatsiyasini oshirishning muhim masalalarini ko’taradi.
Majlis ishtirokchilari — EUROUZ a’zolari — eng yaxshi amaliyotlarni muhokama qiladilar, tajriba almashadilar va iste’dodlarni boshqarish va biznesni rivojlantirish samaradorligini oshirish uchun real maqsadlarni shakllantiradilar.
Yangilanishlarni kuzatib boring — uchrashuv tafsilotlari va yakunlari tez orada!







