Yuqori raqobatbardosh mehnat bozorida xodimlarni ushlab qolish va iste’dodlarni rivojlantirishning g’olib strategiyalari

HR-yetakchilar uchun eksklyuziv oflayn-tadbirga qo’shiling!

Sizni EUROUZ va LavoroSolutions tomonidan tashkil etilgan xodimlarni boshqarish sohasidagi transformatsion tadbir — HR Leadership Event ga taklif qilishdan mamnunmiz. Tadbir 2024-yil 17-oktabrda oflayn formatda soat 14:00 dan 18:00 gacha bo’lib o’tadi.

Sizni ekspert ma’ruzalari, jonli muloqot va netvorking uchun noyob imkoniyatlar kutmoqda. Tadbir HR-direktorlar, rekruterlar va top-menejment uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, HR-jarayonlar samaradorligini oshirish uchun amaliy strategiyalar va ilg’or vositalarni kashf qilishga yordam beradi.

Kunning alohida lahzasi Yevropa yetakchilik akademiyasining (European Leadership Academy) e’loni bo’ladi — bu nufuzli platforma haqida ko’proq bilish uchun noyob imkoniyat.

TADBIR DASTURI

  • 14:00-14:30 Ro’yxatdan o’tish. Salom kofesi
  • 14:30-14:40 Tadbirning ochilishi va Yevropa yetakchilik akademiyasi e’loni
  • 14:40-15:20 Vorkshop. 1-qism: Talent Mapping va HR-chaqiriqlar 
    Iste’dodlarni aniqlash va xodimlarni ushlab qolish darajasini oshirishning innovatsion usullari. Spiker: Diana Kargayeva, LavoroSolutions professional tanlov bo’limi rahbari
  • 15:20-15:40 Kofe-breyk
  • 15:40-16:40 Vorkshop. 2-qism: Soliqlar va iste’dodlarning xalqaro integratsiyasiXodimlar bilan tizimli ishlash muvaffaqiyatli tanlash va xodimlarni ushlab qolish omili sifatida.
    Anna Burova, LavoroSolutions HR-konsalting yo’nalishi rahbari, nomzodlar tanqisligi sharoitida ishlash uchun amaliy yechimlarning «asboblar qutisi» ni taqdim etadi. Ish haqiga soliq yuki: pullarni solishtiramiz. Ulug’bek Allaber diev, LavoroSolutions yuridik konsultanti, ish haqini soliqqa tortishning murakkabliklari va HR-departamentlarida moliyaviy rejalashtirishni optimallashtirish strategiyalarini ochib beradi. Multikultural muhitda ishlash. Oksana Novojenina, LavoroSolutions biznes-treneri va konsultanti, madaniyatlararo muhitda ishlash dinamikasi va zamonaviy globallashgan dunyoning kross-madaniy chaqiriqlarida navigatsiya qilishning eng yaxshi amaliyotlari haqida gapirib beradi.
  • 16:40-16:55 Yakunlar. Xulosa so’zi
  • 16:55-18:00 Netvorking bilan tamaddi

Joyingizni bugundan bron qiling va HR-strategiyalaringizni o’zgartiradigan amaliy insaytlar bilan keting!
Sizni uchrashuvda kutamiz!